Sirtqi bo‘lim
10.10.2024 23:21:06 52
Kamolov Baxtiyor Xasanboyevich
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i
Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Qabul vaqti: seshanba, juma soat 9:00-17:00
Telefon: +998 97 375 02 40

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
|
Namangan davlat universiteti
|
Mutaxassisligi
|
Geografiya, ijtimoiy-iqtisodiy geografiya (2005, 2007)
|
Xorijiy davlatlarda malaka oshirganligi
|
-
|
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
|
Namangan viloyatida ekoturizmning hududiylik, davriylik va komplekslilik xususiyatlari
|
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
|
Ekoturizmning geoekologik xususiyatlari va ularni gis texnologiyalari asosida baholash
|
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
|
Turizm va uning turlari
|
Ilmiy rahbarligi
|
bakalavr (10), magistr (8), PhD (1).
|
Nashr qilingan maqolalari
|
Jurnal /OAK-20, xorijiy-6.
Konferensiya /respublika-21, xalqaro-4
|
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
|
S-PM-24-sonli “Startap” loyiha raxbari
(2021-yil)
|
H indeksi
|
2
|
O‘quv fani
|
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari.
|
O‘quv-uslubiy ishlari
|
O‘quv qo‘llanma (1), boshqa o‘quv adabiyotlari (3).
|
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
|
Institutning kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
|
Telegramm akkaunti
|
@Baxtiyor Kamolov
|
Rasmiy elektron pochtasi
|
geograf-baxtiyor@namspi.uz
|
Davlat mukofotlari
|
-
|
SIRTQI BO‘LIM BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFASI:
Quyidagilar Sirtqi bo‘lim boshlig‘ning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, institut rektori ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
2) Sirtqi bo‘limda o‘quv-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga rahbarlik qilish, tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
3) mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq keladigan farmoyishlar va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda aniq bajarish;
4) mehnatni muhofaza qilish, havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
5) institutning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
6) institut jamoasi a’zolari (ma’muriyat, xodimlari, talabalari) va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
7) Sirtqi bo‘lim bitiruvchilari bilan aloqa o‘rnatish, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qilish;
8) o‘z vakolati doirasida, Sirtqi bo‘lim ning barcha xodimlari, talabalari va boshqa o‘quvchilari uchun majburiy bo‘lgan farmoyish, yo‘riqnoma yoki ko‘rsatmalar chiqarish;
9) ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
10) Sirtqi bo‘lim da o‘qitiladigan fanlarni mazmunan va o‘quv auditoriya soatlari hajmi bo‘yicha zamonaviy axborot, uslublar, yangilik va boshqalar bilan boyitish choralarini ko‘rish;
11) ta’lim tizimida axborot-resurs manbalari bazasini kengaytirish va yangilab borish;
12) ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va istiqbol rejalarini tuzish;
13) talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va foydali mehnat mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlashga yo‘naltirgan tadbirlar tashkil etish, talabalarni xar hil norasmiy oqimlariga qo‘shilib qolishlarining oldini olish;
14) Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarida quyilgan talablari asosida talabalarning haftalik o‘quv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini o‘qitiladigan fanlar tizimiga muvofiqlashtirish;
15) o‘quv intizomini yaxshilash mexanizmini yanada takomillashtirish, talabalar faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarini amaliyotga tadbiq qilish;
16) o‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishini nazorat qilish;
17) Sirtqi bo‘lim Institut Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish;
18) institut va sirtqi bo‘lim kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
19) o‘quv-tarbiya jarayoni hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasi va amaliyoti ustidan nazorat qilish;
20) o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qilish, uning bajarilishini nazorat qilish, talabalar davomati uchun mas’ullik;
21) talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
22) talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, davlat attestatsiyasiga, bitiruv malakaviy ishlarini va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash, ismi, sharifi, familiyasini o‘zgartirgan talabalar to‘g‘risida buyruq loyihalarini tayyorlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli Nizomlarida ko‘zda tutilgan hollarda ma’muriyat tashabbusi bilan talabalar safidan chetlashtirishga tavsiya berish, Sirtqi bo‘lim da xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
23) iqtidorli talabalarni izlash va ular bilan ishlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomdor stipendiyalar hamda fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etish;
24) talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
25) tayanch doktorantlar va doktorantlarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etish;
26) Sirtqi bo‘lim tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kompyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
27) muassasaning marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning Sirtqi bo‘limda tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, shuningdek pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o‘zaro almashish uchun boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarni o‘rnatish;
28) ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob berish, byudjetdan tashqari mablag‘larni topish va ularni o‘quv maqsadlarida foydalanishini amalga oshirish;
29) ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qilish, shu jumladan, Sirtqi bo‘lim ga biriktirilgan talabalar turar joylarida;
30) O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fuqarolarni qabul qilish va belgilangan muddatda murojjatlarni ko‘rib chiqish;
31) institut hududining Sirtqi bo‘lim ga ajratilgan hududini obodonlashtirishni ta’minlash;
32) oliy ta’limga oid qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish.