Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2023-03-23 03:55:22   |      507

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi


Bo'lim boshlig'i: Suyarov Nodirjon

email: tsnqb@namspi.uz

 

 

 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi Namangan davlat universiteti  
Mutaxassisligi Tasviriy va amaliy bezak san’at o‘qituvchisi  
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi Turkiya, Germaniya, Daniya
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi “Milliy-hududiy materiallar vositasida tasviriy san’at ta’limi mazmunini takomillashtirishning metodik asoslari” (2022 y.)
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining etnomadaniy kompetentligini milliy-hududiy materiallar vositasida takomillashtirish”
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi Pedagogika ta’lim tarbiya nazarisi va metoidka asoslari
Ilmiy rahbarligi bakalavr (10), magistr (6),
Nashr qilingan maqolalari Jurnal /OAK-17, xorijiy-6. Konferensiya /respublika-5, xalqaro-4
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki Amaliy: ITD-1 I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari”
h indeksi 2
O‘quv fani Oliy va professional ta’limda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi, Tasviriy san’at tarixi
O‘quv-uslubiy ishlari o‘quv qo‘llanma (1), o‘quv-uslubiy ko‘rsatma (1), monografiya (2).
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati Namangan davlat pedagogika instituti - "Iqtidorti talahalar ilniy xabarlari" ilmiy-rtslubiy jurnali tahrir ha’ati a’zosi.
Davlat mukofotlari Namangan viloyati xokimining Fahriy yorlig‘i ( 2023 y.)

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARKIBIDAGI
TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIY
ALARI

 

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan ta’minlanganligi hamda o‘zaro muvofiqligini tahlil etish;

Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini o‘rganish;

talabalar bilimni tanlanma asosida aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda nazorat ishlarini o‘tkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

Institut dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;

Har bir fan bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish va Institut rektoriga ma’lumotlar berib borish;

talabalar davomati va professor-o‘qituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;

baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va ularning natijalarini Institut kengashida hamda rektor yig‘ilishida hisobotlar berib borish;

bitiruvchilarning bilim darajasini o‘rganish maqsadida yakuniy davlat atgestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalar asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;

institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Institut rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan Institut rektoriga takliflar berish;

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fanlariga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni Institut rektoriga ma’lum qilish;

Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Institut reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

Institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida professor-o‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar jarayonida ishtirok etish, natijalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;

Respublika va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

Institutda ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni kengaytirish yuzasidan takliflar berib borish;

Institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

Ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Institut rahbariyatiga taqdim etish;

Oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalarining fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;

Ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlarni yaratish;

Professor-o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;

Oliy ta’lim muassasasini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

O‘quv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit-modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

Malaka talabalari, o‘quv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;

Bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;

O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;

Dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;

Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;

Professor-o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;

Axborot-resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;

Mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qo‘yilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);

Oliy ta’lim muassasalarida plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);

Vazirlikning topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish.

Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tizimli tahlil qiladi;

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini o‘rganishga, natijalarni tahlil qilishga qaratadi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

Institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va ma’lumotlarni tegishli chora-tadbirlar belgilash uchun Institut rektoriga taqdim etadi;

o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni Institut rektoriga taqdim etadi;

ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tadbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;

Institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, Institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni jalb etilishini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;

ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot Institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etadi;

talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;

Institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

Institutning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

Institut axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;

professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlashda ishtirok etadi;

talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar taiyorlaydi;

yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash jarayoni va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;

Institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

Institutda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi;

Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etadi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

Institutda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Institut rektoriga taqdim etadi.

BO‘LIM XODIMLARINING MALAKA TALABLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI

Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:

oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo‘lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;

ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;

institutning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;

o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini to‘liq tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining grifini olish tartibini bilishi;

institut professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;

o‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

Bo‘lim bosh mutaxassisi lavozimiga qo‘yidagi malaka talablari qo‘yiladi:

oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bo‘lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi ;

pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;

o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarni bilishi;

o‘zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi(shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.