Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2024-04-25 14:58:00   |      70

Yoshlar ittifoqi


Yoshlar Ittifoqi

Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti 2022-yil 10-sentabrda tashkil etilgan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotining maqsad va vazifalari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotining asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlaring huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Boshlang‘ich tashkilot o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

 oliy ta’lim muassasasida talaba-yoshlari qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar tayyorlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo'lgan talaba-yoshlaming ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilami, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan talaba-yoshlami ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshirishda ishtirok etish;

talaba-yoshlarni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasi, milliy qadriyatlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;

 talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;

talaba-yoshlarning muammolari, murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko'maklashish;

 talaba-yoshlarining chuqur bilim olishi, chet tillarini o'rganishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ulami kasb-hunarga yo'naltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

oliy ta’lim muassasasida iste‘dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

 oliy ta'lim muassasasida yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitob o'qishga bo'lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

 oliy ta'lim muassasasi talaba-yoshlarida “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish; oliy ta’lim muassasasi talaba-yoshlari o'rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ulaming o‘zlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflar uyushtirish;

oliy ta’lim muassasasi yoshlari, ayniqsa, xotin-qizlar o'rtasida sportni keng targ‘ib etish, ulaming sportga bo'lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlami yaratib berish;

oliy ta’lim muassasasi yoshlariga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yo‘llarini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

 oliy ta’lim muassasasi yoshlari o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ'ib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

Yoshlar Kengashi tarkibi hamda ularning maqsad va vazifalari

Boshlang'ich tashkilot Yoshlar Kengashiga Ittifoqning oliy ta’lim muassasasidagi boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi rahbarlik qiladi. . Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi oliy ta'lim muassasasi rektori ning yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashi va oliy ta'lim muassasasi rektoriga tog'ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi.

Yoshlar Kengashi tarkibiga egallab turgan lavozimlariga muvofiq:

- Yoshlar yetakchisi;
 - Intellektual loyihalar koordinatori;

- Besh tashabbus loyihalari koordinatori;

- Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;

 - Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;

- “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori;

 - Talaba qizlar koordinatori kiradi.

Tuzilma

 Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi
 
Institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisi,
rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

 

Nabijonov Murodjon To‘lqinjon o‘g‘li
 
“Intellektual loyihalar” koordinatori

“Intellektual loyihalar” koordinatori:
- Taʼlim muassasalaridagi intellektual salohiyatli, faol va iqtidorli talabalar bazasini shakllantiradi;

  • Intellektual to‘garaklarni tashkil etadi hamda shu yo‘nalishga mos tanlovlarini o‘tkazadi;
  • talaba-yoshlarning badiiy adabiyot, san’atga bo‘lgan qiziqishi doirasida uchrashuvlar, konferensiya, festival va anjumanlarni o‘tkazadi;
  • tashkilotning yuqori turuvchi organi, vazirlik, idoralar tomonidan belgilangan intellektual loyihalarni o‘tkazishga ma’sul hisoblanadi.

 

Habiyaliyeva Madina Xolmurod qizi
 “Besh tashabbus loyihalari koordinatori

  • Talaba-yoshlarni teatr va kino san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchu loyihalarini tashkil etish hamda taniqli teatr va kino aktyorlari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish ishlarida ko‘maklashadi;
  • ta’lim muassasasida “Talabalar teatr studiyalari”, “Talabalar ashula va raqs ansambli” faoliyatlarini tashkil etishda ta’lim muassasasi rahbariyatiga ko‘maklashadi;
  • talabalarni tarixiy qadamjolar, davlat qo‘riqxonalari va muzeylarga turistik sayohatlarini tashkil etish maqsadida loyihasini amalaga oshiradi;
  • talabalar gavjum joylari va talabalar turar joylarida turli xil festivallarini ta’lim muassasasida o‘tkazadi;

-   talaba-yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, talabalar tashabbusi bilan tashkil etiladigan turli sport musobaqalari hamda yuqori turuvchi vazirlik, tashkilotlardan belgilangan ommaviy sport musoobaqalarini taʼlim muassasasi bosqichini o‘tkazadi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi;

- talabalar hayotiga oid foydali mediakontentlar tayyorlaydi, yoshlarning IT savodxonliklarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar, musobaqalar ko‘rik tanlovlarni o‘tkazadi;

 

Bekmirzayev Behzodbek Rasuljon o‘g‘li
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori

  • Talaba-yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini, festivallar, aksiyalar, davra suhbatlari, loyihalarini, ijodiy uchrashuvlar, harbiy sport musobaqalari tashkil etadi;
  • talaba-yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida harbiy qismlarga tashriflar, ko‘rgazmalarni tashkil etadi;

              -O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qomondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga 35% to‘lov kontrakt toʻlab berilishiga davogar talabalar faoliyatiga ko‘maklashish va ularni doimiy ravishda nazoratga oladi;

              -“Qalqon”, “Posbon” klublari, “Fidokor yoshlar” otrayadlari faoliyatlariga rahbarlik qilib faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi.

Tolqinova Salimagul Bahromjon qizi

“Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori

  • taʼlim muassasasi talabalari, ayniqsa bitiruvchi talabalar bandligini taʼminlash maqsadida loyihalarni o‘tkazishda taʼlim muassasasi rahbariyatiga ko‘maklashadi;
  • talaba-yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga qaratilgan motivatsion tashkil etadi;
  • iqtidorli talabalarni universitetda mavjud davlat ilmiy-texnik dasturidagi ilmiy, innovatsion, fundamental, amaliy loyihalarga jalb qilish orqali ularning iqtidorini yuzaga chiqishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
  • oliy taʼlim muassasalari talabalarining loyihalar tanlovi hamda xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tanlovlarning taʼlim muassasasida tashkil etadi;
  • ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Boshlang‘ich tashkilot yetakchisiga har oyda hisobotlarni taqdim etadi.

 

Matqurbonova |Sevara Ikrom qizi
“Yoshlar daftari” va metsenatlik loyihalari  koordinatori

  • “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” imtiyozlari haqida talaba yoshlarga ma’lumotlar berib borgan holda mazkur
  • imtiyozlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakillanishida ko‘maklashadi; kiritilgan talabalar bilan “Talabaga madad” loyihasini amalga oshirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni zamonaviy kasblarga, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish maqsadida nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba yoshlarni aniqlash va ta’lim muassasasi komissiyasiga taqdim etadi;
  • talaba-yoshlarni bir yilda bir marotaba bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish ishlarini tashkil etadi;
  • talaba yoshlar orasida “bulling”ni oldini olish bo‘yicha o‘zaro do‘stona muhitni shakllantiradigan tadbirlar o‘tkazadi;
  • imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarni inklyuziv ta’lim olish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarni qo‘llab quvvatlash;

 

To‘xtasunova Oltinoy Sharobiddin qizi
Talaba-qizlar koordinatori

  • talaba qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, jamoyatda ayol-qizlarning mavqeyini oshirish, ularga motivatsiya berish va milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashviqot ishlarini tashkil etadi,
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar tashkil etadi;
  • talaba ayol-qizlarni keng jalb etish, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ta’lim muassasasida ayol-qizlar o‘rtasida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etadi, yosh olima ayol-qizlarni klublarini tuzadi;
  • ta’lim muassasasining talaba ayol-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtiradi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi, erta turmushning salbiy oqibatlari, erta tug‘ruqni oldini olish, ayol-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha tadbirli ishlar tashkil etadi, ayol-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etadi, ayollar orasida yuksak natija ko‘rsatgan sport ustalari bilan uchrashuvlar tashkil etadi;
  • zamonaviy, intellektual shaxs obrazini yaratish, talaba ayol-qizlarni manfaatini himoya qilishda viloyatdagi “Qizlar ovozi klubi” koordinatorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi