Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
     |      120

Art pedagogika kafedrasi


Kafedra mudiri:  Abdullayev O‘ktamjon Ergashevich 

emailuktamjonabdullayev1971@gmail.com

Telegram: @TasviriyS 

Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi Toshkent davlat san’at instituti  
Mutaxassisligi Kitob grafikasi  
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi    
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi    
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi    
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi    
Ilmiy rahbarligi    
Nashr qilingan maqolalari Jurnal /OAK-5, xorijiy-4.
Konferensiya /respublika-5, xalqaro-11
 
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki Ijtimoiy:
1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan davlat grantlarni ajratish to‘g‘risida shartnomaga asosan “ Yoshlar bo‘lsa hunarli –hayot bo‘lar zavqli ”  loyihasida trener.
 
h indeksi 2  
O‘quv fani Akademik rangtasvir, akademik qalamtasvir, rangtasvir, qalamtasvir  
O‘quv-uslubiy ishlari darslik (1), o‘quv qo‘llanma (2), boshqa o‘quv adabiyotlari (5)  
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati    
Davlat mukofotlari  

Kafedra tarixi      

Namangan davlat pedagogika institutining 2024 yil 1-aprelidan Amaliy, jismoniy tarbiya va sport fanlarini o’qitish metodikasi kafedrasi negizidan allohida bo’lib Art pedagogika kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 30%  tashkil etib, 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar.

Jumladan, 1 nafar 13.00.02-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi fanlari professori, 1 nafar dotsent, 2 nafar  pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktorlari, 2 nafar katta o‘qituvchi 3 nafar  o‘qituvchi va 3  nafar stajiyor-o‘qituvchilarni tashkil etadi.

Kafedrada 2 ta  yo‘nalish talabalari kunduzgi bakalavr ta’lim shaklida tahsil oladi, bular quyidagilar:  60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300 - Musiqa ta’limi, 2 ta  yo‘nalish bakalavr (sirtqi) ta’lim shaklida tahsil oladi, bular quyidagilar : 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300 - Musiqa ta’limi yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha 2 ta yo’nalish 70111301-Musiqa ta’limi va san’at, 70110101- Tasviriy va amaliy bezak san’ati mutaxasisliklari bo‘yicha magistrant talabalar tahsil oladilar.

 

Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari

    Kafedra professor o‘qituvchilarining  maqsadi talabalarni ma’nan yetuk va yuksak barkamol  shaxs qilib  tarbiyalash  hamda bo’lajak san’at ta’limi  pedagoglarining kasbiy va  shaxsiy hislatlarini shakllantirish, ularning san’at sohasini o’rganish bo’yicha nazariy va amaliy bilim asoslarini egallashi hamda ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, talaba yoshlarning iste’dodlari hamda imkoniyatlarini namoyon etish, san’at pedagogikasi orqali tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalana olishni, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta  bilishga, ta’lim muassasalarida ijodiy ko’rgazmalar hamda ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazishga o‘rgatishdan iborat.          

    Bundan tashqari:

- Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ta'lim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish;

- Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning  turli shakllarda, jumladan, m’anaviy va ma’rifiy tadbirlar, ko’rgazmali tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, o‘yinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, ma'ruza o‘qish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;

- Hayotiy tajribaga ega bo‘lgan turli kasbdagi faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuvlar;

- Ilmiy-nazariy va amaliy konferentsiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;

- Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, badiiy va musiqiy asarlar,  ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron ishlanmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanish  ham yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra o‘quv va o‘quv-metodik ishlari

   Kafedrada 2 ta  yo‘nalish kunduzgi bakalavr ta’lim shaklida tahsil oladi, bular quyidagilar  60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300-Musiqa ta’limi, 2 ta  yo‘nalish (sirtqi) ta’lim bakalavr ta’lim shaklida tahsil oladi, bular quyidagilar  60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300-Musiqa ta’limi hamda magistratura  mutaxasisliklari bo‘yicha 2 ta yo’nalish 70111301-Musiqa ta’limi va san’at, 70110101- Tasviriy va amaliy bezak san’ati mutaxasisliklari bo‘yicha magistrant talabalar tahsil oladilar.

1. 2023-2024-o‘quv yili  60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300-Musiqa ta’limi bakalavriat yo‘nalishlarining malaka talabi,  70111301-Musiqa ta’limi va san’at, 70110101- Tasviriy va amaliy bezak san’ati magistratura mutaxassisligi malaka talabi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-avgustdagi 344-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

2. 2022-2023-o‘quv yili 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300-Musiqa ta’limi bakalavriat yo‘nalishlarining malaka talabi, 70111301-Musiqa ta’limi va san’at, 70110101-Tasviriy va amaliy bezak san’ati magistratura mutaxassisligi malaka talabi magistratura mutaxassisligi malaka talabi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 29-avgustdagi 5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. 

3. Ishchi fan sillabuslari 2023-yil 6-iyundagi  № 259-sonli buyrug‘iga asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan ishlab chiqilgan va institut Kengashining 2023-yil 29-avgustda tasdiqlangan namunaviy fan dasturlari asosida tayyorlangan.

4. HEMIS tizimi o‘quv rejadagi belgilangan fanlardan semestrga ajratilgan  soatlar  uchun  resurslar  yuklangan. Yuklangan  resurslardan samarali foydalanish  maqsadida talabalarga hemisdagi mavjud resurslardan  qanday foydalanish lozimligi tushuntirilgan.  

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublikamizning pedagogika, tasviriy sa’n’at va  musiqa san’ati sohasini o’qitish metodlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Jumladan:

 - Kafedra o’qituvchisi Sattarov Farhod Islomovich yakka mualliflikda 1 ta monografiya  10 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda maqola va tezislar muallifi. O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi va ko’plab  ko’rgazmalar qatnashchisi.

 

 - Kafedra o’qituvchisi Komoldinov Sirojiddin Jomoldin o’g’li yakka mualliflikda 1 ta monografiya 15 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda maqola va tezislar muallifi va bir qator ko’rgazmalar qatnashchisi.00.02 – Talim va tarbiya  nazariyasi  va  metodikasi   pedagogika fanlari  bo’yicha  falsafa doktori (Phd)   ilmiy  darajasini  olish  uchun “Qalamtasvir  mashg’ulotlarida talabalarda kompozitsiyaga  oid  maxsus kompetentsiyalarini  rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari” mavzuvsida raxbar  Nizomiy  nomidagi   Toshkent  davlat  pedagogika  universiteti  professori pedagogika  fanlari  nomzodi  Abdurasilov  Sunnatilla  Fayzullayevich rahbarligida  ish  faoliyati  olib  borilmoqda.

 - Kafedra katta o’qituvchisi Shokirxanov Baxtiyorxon Botirxonovich – 20 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda maqola va tezislar muallifi. Institutda “Ashula va raqs ansambli”, “Dutorchi qizlar” to’garagi tashkil etib institut istedodli, iqtidorli yoshlaridan jamoaga jalb qilib, institut va viloyat tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 - Kafedra stajyor o’qituvchisi Abduraimov Sherzod Zokirjon o’g’li - 1 ta xalqaro 1 ta maxalliy jurnallarda maqolalar muallifi. Institutda “Talabalar maqom ansambli” to’garagi tashkil etib institutda istedodli, iqtidorli yoshlaridan jamoaga jalb qilib, institut va viloyat tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Xozirda Mustaqil tadqiqotchi sifatida “O’quvchilarga to’garak mashg’ulotlari orqali milliy qo’shiqlarni o’rgatish metodikasi (5-7 sinflar misolida) ” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

 

 - Kafedra katta o’qituvchisi Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) v/b dotsent Tajiboyev Elmurod Maxmudjonovich - 1 ta monografiya, 20 dan ortiq xalqaro va maxalliy jurnallarda chop etilgan maqola va tezislar muallifi. 1 ta elektron darslik uchun DGU guvohnomasi. Institutda tashkil etilgan “Iqtidorli talabalar ilmiy xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali tahririyati hay’ati a’zosi. Xozirda institutning turli xil ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

 

 - Kafedra katta o’qituvchisi v.b dotsent Gaziyev Jobirxon Jo’raxanovich - 2 ta monografiya, 1 ta uslubiy qo’llanma, 1 ta o’quv qo’llanma, 30 ga yaqin xalqaro va maxalliy jurnallarda chop etilgan maqola va tezislar muallifi. “Ashula va raqs ansambli”, “Dutorchi qizlar” to’garagi  tashkil etib institut istedodli, iqtidorli yoshlaridan jamoaga jalb qilib, institut va viloyat tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 - Kafedra o’qituvchisi Toshmatov G’ulomjon Olimjonovich 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 4 ta metodik tavsiya 20 dan ziyod mahalliy va xalqaro ilmiy maqola va tezislar muallifi. “Kredit modul tizimida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi” mavzusida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika fanlari doktori (DSc) v.b professor Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich rahbarligida erkin izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda. Institutning turli xil ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 - Kafedra o’qituvchisi Axmedov Baxodirxon Sayfiddinovich – 1 ta o’quv qo’llanma, 2 ta uslubiy qo’llanma, 10 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda maqola va tezislar muallifi. Institutda “Yosh skripkachilar  ansambli” to’garagini  tashkil etib institut istedodli, iqtidorli yoshlaridan jamoaga jalb qilib, institut va viloyat tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. TDPU Musiqa madaniyati fakultetida, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxasislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida, Xalqaro Nordik universitetida o’zining “Mahorat dars”lari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 - Kafedra katta o’qituvchisi Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) v/b dotsent Tadjibayev Azizbek Batirovich - 1 ta SCOPUS maqola, 40 dan ortiq xalqaro va maxalliy jurnallarda chop etilgan maqola va tezislar muallifi. 1 ta Uslubiy qo’llanma. Xozirda institutning turli xil ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

 

 - Kafedra stajyor-o‘ituvchisi Badirdinov Doniyorbek Shavkatbek o‘g‘li OAK tasarrufidagi xalqaro va mahalliy jurnallar va axborotnomalarda maqolalari chop etilgan. “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyotlashda grafikani o‘qitish orqali kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda.

 

 - Kafedra dotsent O’zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Oripov  Bobirjon  Badirjonovich 3 ta monografiya  30 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda  maqola va tezislar 2ta uquv qullanma 4 ta uslubiy qullanma 2ta uslubiy ko’rsatma va  risolalar muallifi va bir qator ko’rgazmalar qatnashchisi.

 

 - Kafedra stajyo'r o'qituvchisi Boltaboyev Azizbek Xasanboy o'g'li 1 ta O'quv qo'llanma, 2 ta uslubiy ko’rsatma, 2 ta monografiya 23 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda  maqola va tezislar    va  risolalar muallifi va bir qator ko’rgazmalar qatnashchisi.

 

 - Kafedra stajo'r o'qituvchisi Oktyabrov Mohirjon Adhamjon o'g'li 10 dan ortiq xalqaro va mahhaliy jurnallar, konferensiyalarda  maqola va tezislar va  risolalar muallifi va bir qator ko’rgazmalar qatnashchisi

 

 - Kafedra o‘qituvchisi Raximov Hasanboy Umarjon o‘g‘li 1 ta o‘quv qo'llanma, 1 ta monografiya 25 dan ortiq xalqaro va OAK (mahhaliy jurnallar), konferensiyalarda  maqola va tezislar    va  risolalar muallifi va bir qator ko‘rgazmalar qatnashchisi. Hozirda 13.00.02- Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) ixtisosligi bo‘yicha ‘“Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

Xalqaro hamkorlik

    Namangan  davlat instituti Art pedagogika  kafedrasining xalqaro hamkorlik vazifalari institutning rivojlantirish konsepsiyasidan kelib chiqib, uning xalqaro ta’lim makonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Xalqarolashtirishning asosiy afzalliklari xorijdan talabalar sonining ko‘payishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar yaratish, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tadqiqotchilar va o‘qituvchilar, talabalar sonining ko‘payishiga qaratilgan. Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, akademik mobillik, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda kafedraning  barcha a’zolari ishtirok etishmoqda.