Du - Sh 8:30-17:30
Ishonch telefoni 69 227 27 21
   2024-04-24 16:41:00   |      173

Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Namangan oliy taʼlim muassasalarida sayyor qabulda


Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori professor Axmadbek Yusupov Namangan oliy taʼlim muassasalari uchun sayyor qabul oʻtkazdi.

NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI NamDPI

Sayyor qabulda Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti hamda Namangan davlat chet tillari institutining rektorlari, prorektorlari, shuningdek, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raislari va kotiblari, ilmiy kengashlar qoshidagi ilmiy seminar raislari va kotiblari, ilmiy tadqiqotchilar hamda doktorantlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida bugungi kunda ilmiy daraja va unvonlarning berilish tartibi hamda kengashlar faoliyatiga doir masalalar muhokama qilindi.

Qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga vakillar tomonidan batafsil javob berildi.