English English English

AMALIYOT

  19.02.2025 08:25:13    82





O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyundagi 202-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Nizomi asosida institut talabalarning malaka amaliyotlari amalga oshiriladi.
Malaka amaliyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga muvofiq institut tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan malaka amaliyoti dasturi asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarida keltirilgan malaka amaliyoti - nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishni nazarda tutuvchi ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida davom ettiriladigan tarkibiy qismi hisoblanadi.
Malaka amaliyotining maqsadi:
Nazariy bilimlarni mustahkamlash – o‘quv jarayonida o‘rganilgan ma’lumotlarni mehnat bozori yoki ish beruvchi tashkilotda sinab ko‘rish.
Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish – mutaxassislik bo‘yicha amaliy tajriba orttirish.
Ish tajribasi olish – kelajakdagi ish faoliyatiga moslashish.
Kasbiy muhit bilan tanishish – kompaniya yoki tashkilotlarning ish jarayonlarini tushunish.
Ishga joylashish imkoniyatini oshirish –yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar ish bilan ta’minlash.
2024/2025 o‘quv yilida qishki hamda yozgi semestr yakunlarida malaka amaliyotlarini ta’lim yo‘nalishlarining 1-3-bosqich talabalari tomonidan o‘tashlari rejalashtirilgan.