Boshlang'ich ta'lim kafedrasi
11.02.2025 | 82

Asqarova Manzura Avazbekovna
Qabul vaqti: dushanba, payshanba soat 15:00-18:00
Telefon: +998 93 942 42 55
E-mail: asqarova_manzura79.gmail.com
TARJIMAI HOL
Asqarova Manzura Avazbekovna, 1979-yil 14-dekabrda Namangan viloyati, Namangan tumanida tugʻilgan. 1986-1996-yillarda Namangan tumanidagi 23-maktabda oʻqigan. 1997-2001-yillarda Namangan davlat universiteti Pedagogika va psixologiya yoʻnalishida bakalavriat, 2003-2005-yillarda Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan.
2001-2002-yillarda Namangan tumanidagi 30-oʻrta maktabda psixolog-oʻqituvchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2002-2003 yillarda Namangan tumani “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati bolalar tashkiloti raisi, 2005-2006-yillarda Namangan davlat universiteti oʻquv boʻlimi uslubchisi, 2007-2021-yillarda Namangan davlat universitetining pedagogika-psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2021-2023-yillarda Namangan davlat universiteti ilmiy kengash kotibi hamda Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi lavozimlarida ishlagan.
2020-yilda pedagogika fanlari boʻyicha falsafa dokrtori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan, 2021-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.
2024-yilda pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Faoliyati davomida 3 ta darslik, 1 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 2 ta monografiya va 130 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan.
2024-yildan hozirga qadar Namangan davlat pedagogika instituti, boshlangʻich ta’lim kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
KAFEDRA MUDIRINING LAVOZIM VAZIFASI:
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
Muassasa jamoasining aʼzolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfeʼl munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini taʼminlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘gʻrisida OTM si rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni taʼminlashni talab etish;
Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini taʼlim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlash;
Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashgʻulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil taʼlim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompьyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, taʼlim hujjatlarining meʼyor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, taʼlim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
Talabalarning qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini taʼminlash hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna, qurilma va jihozlar bilan taʼminlanishiga homiylarni keng jalb etish;
OTMsining axborot-resurs markazini kafedra taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashgʻulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, taʼlim sifatini taʼminlash;
Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Isteʼdod” jamgʻarmasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;
Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;
Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.