Maktabgacha ta’lim kafedrasi
11.02.2025 | 98

Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna
Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Qabul vaqti: dushanbadan- shanbaga qadar soat 14:00-17: 00
Telefon: +998 90 260 39 06
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
|
Namangan davlat universiteti
|
Mutaxassisligi
|
Maktabgacha pedagogika va psixologiya (1997)
|
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
|
Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi.
|
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
|
Notoʼliq oilalarda bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari (2020 y.)
|
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
|
Rivojlantiruvchi ta'lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash malakalarini shakllantirish metodikasi
|
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
|
Maktabgacha pedagogika va psixologiya
|
Ilmiy rahbarligi
|
bakalavr (24), magistr (12), PhD (2).
|
Nashr qilingan maqolalari
|
Jurnal /OAK-12, xorijiy-8.
Konferensiya /respublika-24, xalqaro-16
|
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
|
EMPOVER: Women Entrepreneurship, employability and self-confidence mavzusidagi halqaro loyiha ishtirokchisi.
|
h indeksi
|
Google scholar-11
|
O‘quv fani
|
Pedagogik akmeologiya, Pedagogika va psixologiya fanlari
|
O‘quv-uslubiy ishlari
|
Darslik (8), o‘quv qo‘llanma (6), monografiya (2) boshqa o‘quv adabiyotlari (14).
|
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
|
Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari buyicha ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped. 184.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» ixtisosgi bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi
|
Telegramm akkaunti
|
@munojat_76
|
Rasmiy elektron pochtasi
|
e-mail: munojatasranbayeva1976@gmail.com
|
Davlat mukofotlari
|
“Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni (2023 y.)
|
Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilonafoydalanish;
Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqashaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiytadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha
kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,
tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan
integratsiyasini ta’minlash;
Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiyuslubiy,
ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish,
tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish,ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
OTM(oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish,bitiruvchilar monitoringini olib borish;