English English English

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

  10.10.2024 16:55:28    129


KAFEDRA MUDIRI
ORIBBOYEVA DILAFRUZ DADAMIRZAYEVNA
Qabul vaqti: seshanba, juma soat 15:00-18:00
Telefon: +998 99 972 81 28
E-mail: oribboyeva81@mail.ru

Pedagogika va psixologiya kafedrasi


TARJIMAI HOL
    Oribboyeva Dilafruz Dadamirzayevna, 1981-yil 28-fevralda Namangan viloyati Yangiqorg‘on tumanida tug‘ilgan. 1987-1999- yillarda Yangiqo‘rg‘on  tumanidagi 51- maktabda, 1996-1998-yillarda Zarkent  nafosat va tillar litseyida o‘qigan. Namangan davlat universitetida 1999-2003-yillarda Pedagogika  va  psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, 2004-2006- yillarda Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
    2003-2008 yillarda Namangan muxandislik  institutida  injener muhandis sifatida o‘z mehnat faoliyat olib borgan, 2008- 2022 yillarda  Namangan davlat instituti Pedagogika  va  psixologiya kafedrasida o‘qituvchi,  katta o‘qituvchi vazifalarida ishlagan. 2022 yillardan  Namangan davlat pedagogika  instituti  maktabgacha va boshlang’ich  ta’lim metodikasi  kafedrasi  katta  o’qituvchisi , v.b.dotsenti, 2023-yil 8.09 dan  Namangan davlat pedagogika  instituti  pedagogika va psixologiya kafedrasi  lavozimida ishlab kelmoqda.
    2022-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2024-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Faoliyati davomida 6 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya va 110 dan ortiq ilmiy maqolalari e‘lon qilingan.

Kafedra mudiri lavozim vazifalari:
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;
Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida OTMsi rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
OTMsining tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiytadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;
Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;
Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiyuslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish,ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob  berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
OTM(oliy ta’lim muassasasi) va mazkur kafedrada stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilari bilan muntazam aloqalarni tashkil etish,bitiruvchilar monitoringini olib borish.