Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Moskva shahridagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
01.12.2025 12:01:30 11
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Молодежная политика на пространстве СНГ: вызовы, решения, перспективы” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan 50 ga yaqin delegatlar qatnashdi.
Ushbu nufuzli anjumanda Namangan davlat pedagogika instituti talabasi Mamadaliyeva Sarvinoz Azamat qizi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida munosib ishtirok etdi.
🔹 S. Mamadaliyeva konferensiyaning 3-seksiyasi - “Yoshlar siyosati kadrlari salohiyatini rivojlantirish: yutuqlar va o‘sish nuqtalari” yo‘nalishida faol qatnashdi.
🔹 Seksiyada yoshlar siyosati bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimi, xalqaro hamkorlik, ilg‘or tajribalar hamda innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
🔹 Talabamiz ekspertlar bilan muloqot qilib, MDH davlatlaridagi samarali amaliyotlar bilan tanishdi va yoshlar siyosati sohasida zarur bo‘lgan zamonaviy kompetensiyalarni o‘rgandi.
📌 Ushbu konferensiya Sarvinoz uchun xalqaro maydonda tajriba almashish, professional ko‘nikmalarni mustahkamlash va kelajak loyihalar uchun yangi g‘oyalar olish imkoniyatini berdi.
Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi Sarvinozni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaydi!