English English English

NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI

  04.11.2025 23:10:36    13


Namangan davlat pedagogika institutida fizika-matematika fanlari nomzodi, professor Mufatxon Mamatovich Mamatov hamda pedagogika fanlari doktori, professor Abdurashid Qahharovich Munavvarov nomidagi ilmiy-pedagogik maktablarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI


Marosimni Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.E.Xusanov ochib berar ekan, oliy ta’lim tizimida ilm-fan, innovatsion yondashuv va pedagogik tajribaning uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

So‘ngra so‘z Namangan davlat universiteti professori, siyosiy fanlar doktori, “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni sohibi Tursunboy Fayzullayevga berildi. U o‘z nutqida ustozlarning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi, ularning izdoshlari uchun yaratgan ilmiy maktablari haqida iliq fikrlar bildirdi.

Tadbir davomida professor Mufatxon Mamatovning o‘g‘li Shukrullo Mamatov so‘zga chiqib, otalarining ilmiy faoliyati, insoniy fazilatlari borasida to'xtalib o'tdi va albatta Mufatxon Mamatov nomiga ko'rsatilayotgan bu ehtiromdan minnatdor ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, professor Abdurashid Munavvarovning turmush o‘rtog‘i, Namangan davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori Mahbubaxon Sobirova ham o‘z xotiralarini va samimiy tilaklarini shuningdek xursandchilik hissida ekanligini bildirib o'tdi.

Tadbir yakunida ustozlar nomidagi ilmiy-pedagogik maktablarning ramziy tasmasi kesilib, ularning faoliyati rasmiy tarzda boshlab berildi.

Mazkur ilmiy-pedagogik maktablar yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, pedagogik merosni davom ettirish hamda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR OCHILDI