CHEGARASIZ SPORT – xalqaro talabalar festivali doirasida Kurash bellashuvlari yakunlandi!
13.11.2025 00:36:50 12
Namangan davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qozog‘iston talabalari o‘rtasidagi Kurash musobaqalari nihoyatda keskin va murosasiz tarzda o‘tdi.
O‘zbek kurashi yo‘nalishida — NamdPI sportchi talabalar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Qozog‘istonning milliy kurashi – Qozoq kuresi bellashuvida esa mehmonlar 4:1 hisobida zafar quchishdi.
Musobaqa do‘stlik va sport ruhida yakun topdi. Ishtirokchilarning o‘zaro hurmati, mahorati hamda jismoniy tayyorgarligi barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.
Har ikki jamoa a’zolari festivalning haqiqiy g‘olibi — do‘stlik va hamkorlik ekanini ta’kidladilar.