“Bir bayroq ostida birlashamiz” nomli ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
18.11.2025 08:09:23 4
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari M.Pozilova va G.Abdug‘aniyeva ustozlar boshchiligida 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. “Bir bayroq ostida birlashamiz” nomi ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda talabalarda vatanparvarlik ruhini oshirish, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida:
• Davlat bayrog‘ining tarixi va ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi;
• Talabalar tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar ijro etildi;
• Bayroqka oid savol-javoblar tashkil etilib, talabalar bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.