English English English

Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv

  12.11.2025 00:29:23    14


Namangan davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida adabiyot va ma’naviyat ahli bilan samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.


Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv


Talabalar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari — adib Qamchibek Kenja, yozuvchi Abdulla Ayizov hamda shoira Gulchexra Zokirovalarning hayoti, ijodiy yo‘li va adabiyotdagi o‘ziga xos qarashlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida adiblar o‘z ijod namunalaridan she’r va hikoyalar o‘qib, so‘z san’atining jozibasi, yozuvchi mas’uliyati va ijodkor qalbining kechinmalari haqida so‘z yuritdilar.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga ochiq, samimiy javoblar berildi, suhbat davomida adabiyotga bo‘lgan qiziqish va ilhom yanada oshdi.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi yoshlar qalbida kitobga, so‘zga va tafakkurga muhabbat uyg‘otishda muhim maydonga aylanmoqda.


Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv Ijodiy suhbat va ilhomli uchrashuv