Ota-onalar bilan uchrashuv: hamkorlik va mas’uliyat yo‘lida
19.11.2025 08:12:37 4
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Abdunazarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tojimatov, fakultet dekani T.Abdullayev, dekan o'rinbosari O.Ergashev hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — Ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, ota-onalarni ta’lim jarayonidagi yangiliklar, talabalarning davomat va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, kontrakt tizimidagi o‘zgarishlar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida so‘z olgan mas’ullar:
• ta’lim jarayonida ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lish,
• talabalarning darslarga qatnash intizomini mustahkamlash,
• ma’naviy madaniyatini yuksaltirish,
• shaxsiy mas’uliyatini oshirish
kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Ota-onalar o‘z fikr-mulohazalari, takliflari va o‘quv jarayoni yuzasidan qiziqtirgan savollarini bildirdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha foydali takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv so'nggida iqtidorli va jamoat ishlarida faol bo'lgan talabalarning ota-onalariga fakultet dekani tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi
Bunday uchrashuvlar institut, ota-onalar va talabalar o‘rtasidagi ochiqlik, ishonch hamda hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.