Global ta’lim ko‘prigi: Amerikalik professor Douglas Hartman NamDPIda
18.11.2025 08:07:52 4
AQShning Michigan State University professori, ta’lim sohasidagi yetakchi tadqiqotchilardan biri Douglas Hartman Namangan davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida professor institut rektori B.Xusanov bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Professor Hartman — ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish, zamonaviy pedagoglarni tayyorlash hamda global ta’lim tashabbuslari bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis. U Michigan State Universityning Ta’lim fanlari va Pedagogik psixologiya bo‘limlarida faoliyat yuritadi.
Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlar borasida so'z yuritildi:
• O‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
• Qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlik qilish;
• NamDPI doktorantlarining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash;
• Seminar, trening va metodik uchrashuvlar tashkil etish;
• Ilmiy loyihalar va grantlarda qo‘shma ishtirokni kengaytirish.
Professor Douglas Hartmanning tashrifi Namangan davlat pedagogika institutining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.