English English English

Adabiyotga mehr — ma’naviyatga yo‘l

  13.11.2025 00:34:21    15


Namangan davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining iste’dodli vakili, milliy she’riyatimizda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shoir Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina tashkil etildi.


Adabiyotga mehr — ma’naviyatga yo‘l


Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida adabiyotga qiziqishni oshirish, shoir hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda yoshlarni ma’naviy jihatdan boyitishdan iborat bo‘ldi.

Viktorina jarayonida talabalar Usmon Nosirning hayoti, asarlari, g‘oyalari va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv qizg‘in va do‘stona muhitda o‘tib, ishtirokchilar adabiy savollar orqali o‘z tafakkur doiralarini kengaytirdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning so‘z san’atiga mehrini yanada oshirib, milliy adabiyotimiz durdonalarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.


Adabiyotga mehr — ma’naviyatga yo‘l Adabiyotga mehr — ma’naviyatga yo‘l Adabiyotga mehr — ma’naviyatga yo‘l Adabiyotga mehr — ma’naviyatga yo‘l