21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni
21.10.2025 21:24:46 11
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs amaliyotchi talabalari tomonidan Namangan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etildi. Unda fakultet professor-o‘qituvchilari M. Payzibayeva va I. Ibragimovalar ishtirok etishdi.
Dastur davomida o‘quvchi va o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kundagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirda she’rxonlik, kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etilib, bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat hukm surdi.
Ona tilimiz — millat faxri, yurak sadosi!