English English English

ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI

  04.11.2025 23:13:09    7


Namangan davlat pedagogika institutida ochilgan professor Mufatxon Mamatov hamda professor Abdurashid Munavvarov nomidagi ilmiy-pedagogik maktablarda bugun ilk dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.


ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI


Mashg‘ulotlarni o‘z sohasida katta tajribaga ega faxriy ustozlar — professor R.Ibragimov, tibbiyot fanlari doktori, professor M.Mirsaydullayev, hamda institut professori H.Najmiddinova olib bordilar.

Ustozlar tomonidan o‘tkazilgan darslar davomida talabalarga ta’lim jarayonida ilmiy yondashuv, innovatsion fikrlash, pedagogik mahorat va shaxsiy mas’uliyat kabi muhim jihatlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Mashg‘ulotlar ochiq muloqot, amaliy topshiriqlar va interfaol uslublar asosida o‘tkazilib, talabalarda ilmiy izlanishlarga qiziqish va ijodkorlik ruhini yanada kuchaytirdi.

Ilk darslar orqali ilmiy-pedagogik maktablarning asosiy maqsadi — ustozlar merosini davom ettirish, yosh avlodda ilmiy salohiyat va pedagogik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi o‘quv muhitini shakllantirish ekani yaqqol namoyon bo‘ldi.


ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLARDA ILK DARS MASHG'ULOTLARI O'TKAZILDI