4+2 amaliyoti: ta’lim-tarbiyada yangi yondashuv va amaliyot samaradorligini oshirish modeli
15.11.2025 00:43:52 22
2025-yil 14-noyabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasidan amaliyot rahbarlari — katta o‘qituvchilar J.R. Muhitdinova hamda G.A. Xusayinovalar Namangan shahar 15-maktabiga tashrif buyurishdi.
“4+2” amaliyoti jarayonida ishtirok etayotgan talabalar faoliyatini nazorat qilib, o‘quv mashg‘ulotlari sifati, dars jarayonidagi yondashuvlar hamda metodik ishlanmalarni ko‘zdan kechirdilar. Talabalarga amaliyotni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.
4+2 amaliyoti — talabalarning nazariy bilimlarini real ta’lim jarayonida qo‘llash, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni mehnat bozori talablariga mos holda tayyorlashga xizmat qiluvchi zamonaviy model hisoblanadi.