English English English

KASBIY TA’LIM — KELAJAK PEDAGOGLARI SAFIDA

  22.10.2025 16:41:09    16


Joriy yilning 22-oktabr kuni Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya kafedrasi dotsenti M. Payzibayeva tomonidan Kasbiy ta’lim yo‘nalishida pedagogik sinf o‘quvchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazildi.


KASBIY TA’LIM — KELAJAK PEDAGOGLARI SAFIDA


Dars jarayonida o‘quvchilarga pedagogik kasbni tanlash, boshlang‘ich pedagogik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda pedagogning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati haqida keng tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot bahs-munozara tarzida tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini faol bildirishdi. Tadbir ularning kelajakda ta’lim sohasini ongli ravishda tanlashga, ustozlik kasbiga mehr bilan yondashishga xizmat qildi.


KASBIY TA’LIM — KELAJAK PEDAGOGLARI SAFIDA KASBIY TA’LIM — KELAJAK PEDAGOGLARI SAFIDA KASBIY TA’LIM — KELAJAK PEDAGOGLARI SAFIDA KASBIY TA’LIM — KELAJAK PEDAGOGLARI SAFIDA