“Tarix va tarbiya” mavzusida ma’ruza o'tkazildi
22.10.2025 16:37:59 9
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasi direktori Yusupov Shuxrat Nabievich hamda “Millat fidoyilari” bog‘i va "Shon sharaf" davlat muzeyi xodimlari ishtirokida “Tarix va tarbiya” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
Anjumanni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi hamda Ikkinchi jahon urushi yillarida ajdodlarimizning fidoiyligi va bag'rikengligi, tarixiy tafakkurni tiklash va buyuk jasorat timsollari borasida o'z fikr-mulohazalrini bildirib o'tdi. Shundan so'ng, soha vakillari o'zlarining tahliliy maruzalari bilan ishtirok etishdi. Mazkur ma'ruzada Namangan davlat pedagogika instituti vakillari ham masofaviy tarzda ishtirok etishdi.