English English English

Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam!

  23.10.2025 23:54:20    18


Namangan davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Hamidullo Jurahonov Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib, o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va sport yo‘nalishidagi tajribalar bilan yaqindan tanishdi.


Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam!


Tashrif davomida u ChDPU Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan fikr almashdi, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, talabalarning amaliy tayyorgarligini oshirish, shuningdek, kurash sporti bo‘yicha ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur uchrashuv ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sport ta’limida innovatsion metodlarni joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish, pedagoglar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda yosh avlodni jismoniy barkamol va vatanparvar etib tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.


Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam! Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam! Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam! Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam! Tajriba almashinuvi – o‘sish va hamkorlik sari muhim qadam!