Talabalar bilan ochiq va samimiy uchrashuv
23.10.2025 00:04:21 9
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S. Mutalov va fakultet yoshlar yetakchisi B. Varisova talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, qulayliklar va mavjud muammolar yuzasidan fikrlari tinglandi.
Talabalar o‘z takliflari va tashabbuslarini bildirishdi, fakultet rahbariyati esa ularni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Shuningdek, TTJda sog‘lom va yashil muhitni yaratish maqsadida ekologik tashabbus amalga oshirildi. Eng namunali xonalar egalariga xonaki gullar taqdim etildi.
Bu tashrif talabalarning kayfiyatini ko‘tardi va ularga o‘z fikrini ochiq aytish, tashabbus bilan chiqish imkoniyatini yaratdi.