“Mening tanlovim — mening istiqbolim” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
01.11.2025 23:03:15 6
Namangan shahar 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Namangan davlat pedagogika instituti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida kafedra dotsentlari A. Turg‘unboeva, D. Oribboeva hamda B. Qayumovlar tomonidan maktabning 11-sinf o‘quvchilari uchun “Mening tanlovim — mening istiqbolim” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningning maqsadi — o‘quvchilarga institut va undagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, ularning kasb tanlash va hayotiy yo‘nalish bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.
Seminar qizg‘in, savol-javoblarga boy muhitda o‘tdi hamda o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.