ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR FAOLIYATI BILAN TANISHUV
04.11.2025 23:12:15 7
Tadbirning tantanali qismining yakunida mehmonlar, ustozlar hamda institut rahbariyati professor Mufatxon Mamatov va professor Abdurashid Munavvarov nomidagi ilmiy-pedagogik maktablarning faoliyat yuritadigan xonalari bilan tanishdilar.
Institut rahbariyati hamda faxriy mehmonlar ilmiy-pedagogik maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, ilmiy adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxona fondi, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan o‘quv va seminar xonalari, shuningdek, yosh tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan ijodiy maydonlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida mehmonlar ta’lim va ilmiy faoliyatni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Mazkur ilmiy-pedagogik maktablar professor-o‘qituvchilar hamda magistrantlar uchun yangi ilmiy izlanishlar makoni, tajriba almashish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish maskaniga aylanadi.