Axsikent — ochiq osmon ostidagi tarix darsi
22.10.2025 16:38:50 10
Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Pardaboyeva tashabbusi bilan kafedra katta o‘qituvchisi M. Bobajonova,
Sankt-Peterburgdagi A.I. Gertsen nomidagi Pedagogika universitetidan tashrif buyurgan mehmon ustozlar Y. Savitskaya va A. Zatsepin,
shuningdek, Ijtimoiy fanlar fakulteti K.RUA-AR-25 guruh talabalari hamkorligida Axsikent ochiq osmon ostidagi muzeyga ilmiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi — talabalarning O‘zbekistonning qadimiy tarixiy yodgorliklari, milliy madaniy merosi va arxeologik topilmalari bilan yaqindan tanishishlarini ta’minlash, ularning tarixiy bilimlarini boyitish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat edi.
Sayohat davomida talabalar Axsikent shahrining tarixiy obidalari bilan tanishdilar, qadimiy manzillarni ko‘zdan kechirdilar. Mehmon ustozlar Y. Savitskaya va A. Zatsepin talabalarga muzey haqida o‘z fikr va taassurotlarini bildirdilar hamda ilmiy suhbat o‘tkazdilar.
Bunday tashabbuslar yosh avlodning tarixiy xotirasini boyitish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.