NamDPI vakillari viloyat hokimi e’tirofida
27.12.2025 09:17:23 5
2025-yilda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar yakunlari munosabati bilan Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, yoshlar vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik so‘zida Prezidentimiz boshchiligida yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilovchi asosiy kuch ekanini ta’kidladi.
Marosim davomida yil davomida yuqori natijalarga erishgan, tashabbuskor va iqtidorli yoshlar viloyat hokimining “Tashakkurnoma”si hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, mazkur tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti vakillari ham munosib e’tirof etildi. Jumladan, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Ibrohim Jafarov “Eng yosh olim” nominatsiyasida, institut talabasi, Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi Begoyim Varisova esa “Eng faol talaba” nominatsiyasida viloyat hokimining "Tashakkurnoma"si va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
💐Institut jamoasi mukofot sohiblarini samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi ilmiy va ijtimoiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar tilaydi.