Pedagogika fakultetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18.01.2026 | 18
Yig‘ilishga fakultet dekani Z.Abdullayev raislik qildi.
Yig'ilishda O'quv ishlari bo'yicha prorektor A.Abdunazarov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Kompleans-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tojimatov ham ishtirok etishdi
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar qatorida:
- Fakultetda direktiv hujjatlar ijrosi.
- Fakultetda kuzgi semestr yakuni, kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllari bo‘yicha oʻtkaziladigan oraliq va yakuniy nazoratlarni belgilangan tartib va muddatlarda oʻtkazilishini ta'minlash
- Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda mustaqil tadqiqotchilarning yarim yillik hisobotlari.
- Fakultetda to‘lov-shartnoma shartlarining bajarilish holati.
- Fakultetning Xotin-qizlari kengashi faoliyati to‘g‘risida.
- Turli masalalar.
Yig‘ilish davomida barcha masalalar atroflicha tahlil qilinib,ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbar va ijrochilarga aniq topshiriqlar berildi.