English English English

TAJRIBA ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

  07.10.2025 20:08:59    16


Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Qirg‘iziston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim maskani — Qirg‘iz-Turk “Manas” universitetiga tashrif buyurishdi.


TAJRIBA ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA


Mazkur universitet bugungi kunda QS xalqaro reytingida dunyoning eng nufuzli TOP-1000 oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, Qirg‘iziston va butun Markaziy Osiyoda o‘zining zamonaviy ta’lim tizimi, ilg‘or ilmiy salohiyati hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan ajralib turadi.

Tashrif davomida institut vakillari samimiy kutib olindi. Dastlab universitet faoliyati, ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalari bilan tanishildi. Shuningdek, kafedralarda o‘zaro fikr almashuvlar, o‘quv jarayonini tashkil etish tajribalari tahlili, hamda auditoriyalarda talabalar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar hamkorligini kengaytirish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

Mazkur tashrif Namangan davlat pedagogika instituti hamda Qirg‘iz-Turk “Manas” universiteti o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.


TAJRIBA ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA TAJRIBA ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA TAJRIBA ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA TAJRIBA ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA