Chet el fuqarolari uchun qabul jarayoni
28.02.2026 14:11:00 7
Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olish xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjatlar elektron tarzda quyidagi havola orqali ham qabul qilinadi:
Xorijiy fuqarolar suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Namangan davlat pedagogika institutida tahsil olish uchun shartnoma suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tilgandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
Chet el fuqarolari uchun qabul jarayoni
Turar joy uchun ro‘yxatdan o‘tish hamda viza olish jarayoni
Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish oliy ta’lim muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan o‘zaro kelishuvi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o‘z davlatidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan, shuningdek Toshkent xalqaro aeroportida ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Chet el fuqarolari uchun qabul va moslashuv ko‘magi
Xorijiy fuqarolarga quyidagi yo‘nalishlarda yaqindan ko‘mak beriladi:
-viza rasmiylashtirish jarayonida amaliy yordam ko‘rsatish;
-zamonaviy turar joy bilan ta’minlash;
-O‘zbekiston hududida vaqtinchalik yashash hujjatlarini rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
-xorijiy fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida kutib olish va Toshkentdan Namanganga olib kelishni tashkil etish;
-xorijiy talabalarni institut hayotiga tayyorlash va moslashtirish;
-xorijiy fuqarolar uchun o‘zbek tili kurslarini tashkil etish.
Chet el fuqarolari uchun o‘qish yo‘nalishlari va to‘lov-kontrakt narxlari
Xorijiy fuqarolar uchun ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bakalavriat (barcha yo‘nalishlar) – 9 310 500 so‘m
Magistratura (barcha yo‘nalishlar) – 10 551 900 so‘m
Ta’lim yo‘nalishlari (to‘liq shifrlari bilan).
Bakalvr Kunduzgi
- 60110100-Pedagogika
- 60110200-Maktabgacha ta'lim
- 60110300-Maxsus pedagogika: logopediya
- 60110400-Boshlang'ich ta'lim
- 60110500-Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
- 60110600-Musiqa ta'limi
- 60110700-O'zbek tili va adabiyoti
- 60110800-Ona tili va adabiyoti: rus tili
- 60110900-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- 60110900-Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili
- 60111100-Milliy g'oya, ma'naviyat asolari va huquq ta'limi
- 60111200-Jismoniy madaniyat
- 60111300-Texnologik ta'lim
- 60220300-Tarix
- 60310300-Psixologiya
- 60510100-Biologiya
- 60530100-Kimyo
- 60530200-Geografiya
- 60530500-Fizika
- 60540100-Matematika
- 60540200-Amaliy matematika
- 60920100-Ijtimoiy ish
- 61010100-Turizm va mehmonxo'jalik
- 60110300 - Maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi
- 60112600-Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (ingliz tili)
Magistratura kunduzgi
- 7010101-Pedagogika nazariyasi va tarixi
- 7010201-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim)
- 7010301-Maxsus pedagogika: logopediya
- 7010401-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
- 7010501-Tasviriy san'at
- 7010502-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
- 7010601-Musiqa ta'limi va san'at
- 7010701-O'zbek tili va adabiyoti
- 7010801-Ona tili va adabiyoti: rus tili
- 7010901-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
- 7011101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (ma'naviyat asolari)
- 7011201-Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi
- 7011301-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta'lim)
- 70220303- Ijtimoiy -gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (tarix)
- 70310301-Psixologiya
- 7050105-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (biologiya)
- 70530104-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)
- 70530203-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (geografiya)
- 70530510-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
- 70540104-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika)
- 7060105-Ta'limda axborot texnologiyalari
- 7092101-Ijtimoiy ish