English English English

Har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi.

  25.02.2026 12:14:47    43


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilayotganini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalar yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun keng imkoniyatlar yaratayotganini ko‘rsatadi.


Har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi.


So‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush va 221 ta bronza medallarni qo‘lga kiritgani, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yigit-qizlarimiz soni izchil ortib borayotgani amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasidir. Xususan, Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi universitetlarda 500 nafardan ziyod, dunyoning TOP-100 talik oliygohlarida esa 3,5 mingdan ortiq yoshlarimiz tahsil olayotgani alohida e’tiborga loyiq.

Yoshlarimiz tomonidan yaratilgan 63 ta startap loyihasining xalqaro bozorlarga chiqishi, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani, yosh tadbirkorlarning mamlakatimiz biznes subyektlari tarkibidagi ulushi 35 foizga yetgani — bularning barchasi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning samaradorligini tasdiqlaydi.

Yoshlar bandligini ta’minlash masalasi ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. O‘tgan yili bu maqsadlar uchun 400 million dollar yo‘naltirilib, 15 ming nafar yosh o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va 50 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Endilikda qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi, kredit va investitsiya mexanizmlarining kengaytirilishi yoshlarning iqtisodiy faolligini yanada oshiradi.

“Kelajak tadbirkori” dasturining yo‘lga qo‘yilishi, innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash, eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirish tizimining joriy etilishi yoshlarning tashabbuskorligini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, texnikumlarda “spin-off” loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, “Work and travel” dasturini kengaytirish, xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar sonining 600 mingdan oshgani ham ta’lim sohasidagi tub o‘zgarishlarning dalilidir.

Alohida e’tiborga molik jihatlardan biri — jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarning jamiyatga moslashuvi uchun “Ikkinchi imkon” loyihasining yo‘lga qo‘yilishidir. Ushbu loyiha doirasida yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi va boshqa kasblarga hamda xorijiy tillarga o‘qitilib, ularning daromadli kasb egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bu tashabbus ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarining amaliy ifodasidir.

Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirish, iste’dodli yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, eng sara asarlarni ta’lim muassasalariga yetkazish va faol kitobxonlarni rag‘batlantirish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar yoshlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi belgilab berilgan barcha ustuvor vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Institutimizda yoshlarning bilim olishi, kasbiy rivojlanishi, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi hamda ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Murodjon NABIJONOV
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i

 

Namangan davlat pedagogika instituti 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi yo'nalishi 1-kurs
magistranti
Habibullayeva Muxlisaxon Yorqinjon qizi. 10 dan ortiq mahalliy hamda xalqaro jurnallarda shu jumladan Amerika, Britaniya,Rossiya ,Finlandiya, Singapur, O’zbekiston kabi davlatlarning nufuzli jurnallarida maqolalari turli tillarda chop etilib kelinmoqda. Turli xilda xalqaro tanlovlarda , konferensiyalarda uzluksiz qatnashib nufuzli o’rinlarni olmoqda. Shu qatorda Singapur Milliy universitetida dekabr oyida bo’lib o’tgan xalqora konfirensiyada qatnashib maxsus sertifikatlarni qo’lga kiritib kelmoqda. Ilm olish bilan bir qatorda kunning muhim yangiliklarini, jamiyatimizdagi yangi islohot va o’zgarishlarni talabalarga yetkazish maqsadida “Weak up” loyihasiga asos solgan . Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ingliz tilini yanada chuqurroq o’rgatish maqsadida “ Never give up” loyihasida ish boshlagan. Shu qatorda Namangan davlat pedagogika institutida “Olima qizlar” fan klubi kordinatori sifatida faoliyat olib boradi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligida tashkil etilgan “Scientific Academy” ilm- marifat markazi tomonidan “Talim sohasidagi fidoyi xizmatlari” hamda “ Talim iftixori” kokrak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Namangan davlat pedagogika instituti 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi yoʻnalishi 1-kurs
magistranti
Aliyeva Matluba Jakbaraliyevna. Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi va "Yangi -Oʻzbekiston ilm-fan targʻibotchisi koʻkrak nishoni sohibasi hisoblanadi, 10 dan ortiq mahalliy hamda xalqaro jurnallarda shu jumladan Keniya, Singapur, Moskva, Germaniya, Oʻzbekiston kabi davlatlarning nufuzli jurnallarida maqolalari turli tillarda chop etilib kelinmoqda. Turli xildagi xalqaro tanlovlarda , konferensiyalarda uzluksiz qatnashib faxrli oʻrinlarni olmoqda. Shu qatorda Keniya davlatining "The Mt. Kenya Times" gazetasida sheʼri chop etildi. Ilm olish bilan bir qatorda, xotin-qizlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, jamiyatimizdagi yangi islohot va oʻzgarishlarni talabalarga yetkazish maqsadida targʻibot ishlarini olib bormoqda. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligida tashkil etilgan “Scientific Academy” ilm- marifat markazi tomonidan “Talim sohasidagi fidoyi xizmatlari” hamda “ Talim iftixori” kokrak nishoni bilan taqdirlandi.


Har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi.