English English English

Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi

  24.10.2025 00:06:44    7


Namangan davlat pedagogika institutida Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida “Davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘zaro hamkorligi: inson huquqlari orqali kelajak yaratish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi


Tadbirni institutning birinchi prorektori A.Isoqboyev ochib berdi va yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda fuqarolik ongini shakllantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mazkur seminar-trening Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligining moliyaviy ko‘magida, Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV International) O‘zbekistondagi filiali hamda “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifiy markazining Namangan viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Trening asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan.

Muhokamalar davomida aholida, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilindi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, muhokamalarda faol qatnashdilar.


Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi Yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi