YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI – MA’NAVIYAT POYDEVORI
18.09.2025 08:57:50 88
2025-yil 15-sentyabr kuni Toshkent viloyatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu muloqot O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida o‘tkazilgani bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi. Zero, ustozni qadrlash – millat ma’naviyatini qadrlash demakdir.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, o‘qituvchi – nafaqat bilim beruvchi, balki yoshlarni komillikka yetaklovchi, qalblariga ezgulik urug‘ini sochuvchi ma’naviyat posbonidir. Har bir dars, har bir tarbiyaviy suhbat o‘quvchi hayotida yangi ufqlar ochadi. Shuning uchun ustoz kasbi eng mas’uliyatli va eng sharafli kasblardan biri hisoblanadi.
Bugun mamlakatimizda pedagoglar mehnatini qadrlash, ularning sha’ni va obro‘sini yuksaltirish borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’lim tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar, yangilanayotgan maktab va oliygohlar, pedagoglarga berilayotgan imtiyozlar – bularning barchasi ustozlarga bo‘lgan chuqur hurmatning ifodasidir.
Prezidentimizning ushbu uchrashuvi o‘qituvchilar uchun katta e’tibor va rag‘bat bo‘lib, ularni yanada fidoyilik bilan yosh avlodni tarbiyalashga undaydi. Chunki o‘qituvchi – kelajak poydevorini yaratuvchi, millatni ma’naviy yuksalishga yetaklovchi buyuk kuchdir.
Yangi Oʻzbekiston pedagoglari- ma’naviyat poydevori sifatida jamiyatning intellektual va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shadilar. Namangan davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari esa bu sharafli mas’uliyatni doimo oqlashga intiladilar.
Suhrobjon DADABOYEV
Pedagogika fakulteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari