Talabalar turar joyida “Osh chempionati” – do‘stlik va qadriyatlar bayrami!
28.02.2026 13:07:14 21
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Osh chempionati” quvonch, do‘stlik va milliy qadriyatlar ruhida o‘tdi.
Mazkur chempionatda 8 ta yo‘nalish jamoalari o‘zaro bellashib, pazandalik mahoratini, milliy taom tayyorlashdagi did va ijodkorliklarini namoyish etdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan oshning ta’mi, bezagi va milliy uslubi bo‘yicha baholash o‘tkazildi.
Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — Fiziklar jamoasi
🥈 2-o‘rin — Kimyo-biologiya jamoasi
🥉 3-o‘rin — Geografiya jamoasi
Mazmunan boy, qiziqarli va samimiyatga to‘la ushbu tadbir talabalarda do‘stlik, jamoaviylik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.