Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyida "Kelajak soati" darsi o'tkazildi
20.10.2025 21:11:28 9
21-oktyabr – "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quvchilariga faollar zalida “Kelajak soati” darsi o'tkazildi.
Ushbu darsda akademiklitsey o'quvchilariga O'zbek tilining davlat tili maqomi va uning jamiyatdagi o'rni, ona tilimizning boyligi, ahamiyati haqida chuqur ma'lumotlar berildi. "Kelajak soati" darsi davomida ona timizni yuksalishida o‘z hissalarini qo‘shgan o‘zbek adiblari va yozuvchi shoirlari haqida videorolik namoyish qilib berildi.
Tilimiz – millatimizning eng bebaho xazinasidir. Shunday ekan, uni sevish, rivojlantirish va asrash har birimizning muqaddas burchimizdir.