NamDPI talabalari Qatag'on qurbonlari muzeyida
10.11.2025 00:19:11 9
Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Alisher Isoqboyev talabalar bilan birgalikda Is’hoqxon To‘ra Ibrat hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar millatimiz ma’naviy yuksalishi va istiqlol yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlar xotirasini yod etdilar. Muzey ekspozitsiyalari bilan tanishish jarayonida yoshlarga tarixiy saboqlar, ozodlik va ma’rifat yo‘lidagi kurashlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Talabalar tashrifdan chuqur taassurot olib, ajdodlarimizning ilm-ma’rifatga, Vatan va millat ravnaqiga bag‘ishlangan hayoti hamda qatag‘on davri saboqlaridan ibrat olish lozimligini ta’kidlashdi. Ularning fikricha, bunday maskanlar yoshlar uchun ma’naviy tarbiya maktabi vazifasini o‘taydi.
Bunday tashriflar talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitib, ularning qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.