HUQUQIY ONG VA HALOLLIK MADANIYATI — TARAQQIYOT POYDEVORI
01.06.2026 08:52:59 12
Namangan davlat pedagogika institutida talabalar hamda yo‘nalish tyutorlari ishtirokida “Huquqiy nigilizm va korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 202-son qarori 42-bandida belgilangan “Aholi o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf etish” vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarda qonunlarga hurmat, huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini yanada oshirish, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, jamiyatda adolat va halollik tamoyillariga sodiq avlodni tarbiyalash borasida muhim tavsiyalar berildi.