UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORLARIGA EHTIROM
16.09.2025 17:57:23 10
Prezidentimizning kuni kecha ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuvlarini kuzatib, jamiyatimizning ziyoli qatlami bo‘lgan o‘qituvchilarga nisbatan berilayotgan yangidan-yangi imkoniyatlar va e’tibordan juda hursand bo‘ldim. Yurtboshimiz biz pedagoglarning faoliyatimizga yuksak baho bergan holda ma’rifiy hayotimizdagi “Uchinchi Renessans” davrining bunyodkorlari sifatida ishonch bildirmoqdalar.

O‘qituvchilar uchun davlat xizmatlariga to‘lanadigan to‘lovlar ikki hissa kamaytirilishi, davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilingan pedagoglarning farzandlari uchun 30 foiz chegirma berilishi, kasbiy rivojlanishi uchun o‘qituvchilarga davlat tomonidan beriladigan yordamning oshirilishi kabi tashabbuslar bildirildi.
Darhaqiqat, o‘tgan 8 yil mobaynida ta’lim va ilm-fan rivoji yo‘lidagi harajatlarning 6 karra oshirilgani hamda 378 trln so‘mga yetgani ham ta’lim sohasining yurtimizdagi rivojlanishidagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ldi. Prezidentimiz, jumladan, oliy ta’limga e’tibor qaratib, yurtimizdagi oliygohlar soni (77 tadan 202 taga) va qamrovi (250 mingdan 1,5 mlnga) oshgani, OTMlarni pedagog-xodimlarining oylik-maoshlari sezilarli oshgani kabi yutuqlarimizni e’tirof etdilar.
Ilmiy salohiyati va pedagogik mahorati yuksak o‘qituvchilarning rivojlanishi uchun alohida e’tibor qaratilayotgani biz o‘qituvchilarni mas’uliyatli vazifamizda sidqidildan mehnat qilishga undaydi. Biz pedagoglar bor imkoniyatlarni ishga solib, bildirilgan ishonchni oqlash uchun xarakat qilamiz.