“Namangan haqiqati” gazetasining 14-avgust 65-66 sonida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti
14.08.2025 08:08:48 13
“Namangan haqiqati” gazetasining 14-avgust 65-66 sonida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti N.Valiyevaning “Ta’limda sifat bo’lishi uchun” nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Mazkur maqolada mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qituvchilar malakasini mustahkamlash va yoshlarni raqobatbardosh kadrlar sifatida tarbiyalash masalalari atroflicha yoritilgan.
Muallif ta’limda sifat — nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligi, balki jamiyat taraqqiyotining ham mezoni ekanini ta’kidlab, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalgan.