English English English

Kitob-ma`rifatga eltuvchi eng ishonchli yo`l

  21.05.2026 08:41:01    3


Namangan davlat  pedagogika institutida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi.


Kitob-ma`rifatga eltuvchi eng ishonchli yo`l


Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini yanada kengaytirish, ularni ilm-ma’rifatga oshno etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Bugun mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash va ma’rifatli jamiyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu kabi ezgu tashabbuslar esa ana shu maqsadlarga hamohang ravishda talabalarda kitobga mehr, bilimga ishtiyoq va ma’naviy kamolot sari intilishni yanada kuchaytiradi.

Talaba-yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Abdulxayev Abduvoxid hamda Boshlang‘ich ta’lim sirtqi yo‘nalishi 3-kurs S.BTS.FU-23 guruhi talabalari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy, badiiy va turli fan sohalariga oid kitoblar Axborot-resurs markaziga tuhfa qilindi.


Kitob-ma`rifatga eltuvchi eng ishonchli yo`l