Jadidlar haqida insholar tanlovi
02.03.2026 15:54:03 17
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovining joriy yilgi mavsumini e’lon qiladi
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi;
Insholar tanlovi 2 xil: “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkaziladi;
Har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘rinlar belgilanadi.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;
Tanlovning birinchi bosqichi joriy yil mart oyining birinchi o‘n kunligida, yakuniy respublika bosqichi esa mart oyi yakunigacha o‘tkaziladi.
Tanlov nizomini o‘qish (https://docs.google.com/document/d/1-wERB35mE2NdYyBcdC1XWYqWKrxG8WwI/edit?usp=sharing&ouid=115860268006783425778&rtpof=true&sd=true)
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zi tahsil olayotgan taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.