English English English

PhD dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

  06.09.2025 08:18:14    30


Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Sharobiddinov Sherzodbek Shuxratbek o‘g‘lining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vorislik muammosi” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 6-sentyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.


PhD dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi


Ilmiy rahbar: G'apparov Elyorjon Otabekovich , falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Institut jamoasi nomidan Sherzodbek Shuxratbek o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!