English English English

RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR

  06.10.2025 19:52:58    3


Namangan davlat pedagogika institutining Tasviriy san’at yo‘nalishi 1-kurs magistranti Shaxlo Mamajonovaning shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.


RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR


Mazkur ko‘rgazma Ustoz va shogird an’analarining amaliy ifodasi sifatida tashkil etildi. Unda yosh ijodkor o‘zining mustaqil ijodiy izlanishlari, san’atga bo‘lgan yondashuvi va badiiy qarashlarini namoyish etdi. Asarlarda ranglar uyg‘unligi, hayotiy mavzularni badiiy talqin etish mahorati hamda ustozlar maktabiga xos uslub sezilib turdi.

Ko‘rgazmada ART-pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar, san’at ixlosmandlari hamda mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ustozlar yosh ijodkorning izlanishlarini e’tirof etib, uning ijod yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladilar.

“Ustozlar izidan” ko‘rgazmasi san’at sohasida yetuk mutaxassislarni tarbiyalash, ijodkorlik muhitini yanada rivojlantirish va Ustoz–shogird an’analarini davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR RANGLARDA AKS ETGAN ORZULAR