"TA'TIL TANLOVLARI" onlayn loyihasiga start berildi!
03.01.2026 09:33:57 15
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori tomonidan "Ta'til tanlovlari"loyihasiga start berildi.
Ushbu loyiha doirasida o'tkaziladigan tanlovlar anonsi bilan tanishing:
-Talabalarning intellektual salohiyatini shakllantirish maqsadida "Yangi yil zakovati" tanlovi (5-yanvar)
-Talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida "Yangi yil kitobxoni" tanlovi (7-yanvar)
-Talabalarning sohaviy bilimlarini sinovdan o'tkazish maqsadida "Shaxsiy o'yin turniri" tanlovi (9-yanvar)
-Talabalarning kreativligi hamda ijodkorlik qobiliyatini aniqlash maqsadida "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni" shiori ostida Vatan himoyachilarini madh etuvchi she'rlar hamda videoroliklar tanlovi (12-yanvar)
Ushbu tanlovlar haqida alohida formatda batafsil e'lonlar taqdim etiladi.Tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar @MAHKAMOV5 telegram manziliga murojaat qilishlari mumkin.