English English English

Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa

  01.05.2026 13:36:23    12


“Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili har qanday davrda jamiyat barqarorligini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘lib kelgan. Bugungi globallashuv sharoitida esa bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.


Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa


Shu munosabat bilan Namangan shahrida joylashgan Namangan pedagogika instituti talabalari ishtirokida radikallashuv va mutaassiblikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan zararli g‘oyalar, ularning mohiyati va oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Mutaxassislar tomonidan fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning turli ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish uchun ularda mustahkam dunyoqarash, tanqidiy fikrlash va sog‘lom hayotiy pozisiyani shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, bu kabi illatlarga qarshi kurashishda faqatgina tegishli idoralar emas, balki butun jamiyat — ota-onalar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik birgalikda, loqayd bo‘lmasdan harakat qilishi lozimligi qayd etildi. Mazkur tadbir yoshlar ongini turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, ularni sog‘lom va barqaror jamiyat qurilishida faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi.


Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa Radikalizmga qarshi ma’rifat: yoshlar ongini himoya qilish — ustuvor vazifa