QIZG‘IN DAVOM ETAYOTGAN TADBIRDA SAMIMIY TABRIKLAR YANGRADI
16.01.2026 13:40:50 15
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir yuqori saviya, ko‘tarinki ruh va qizg‘in muhitda davom etayotgan bir pallada unda ishtirok etayotgan mehmonlar tomonidan samimiy tabriklar hamda mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur jarayonda:
Bahodir Xusanov — Namangan davlat pedagogika instituti rektori, falsafa fanlari doktori, professor,
A’loxon Turg‘unov — Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘linmasi a’zosi, podpolkovnik,
Mamatxon Xodjayev — Namangan davlat pedagogika instituti rektorining talabalar ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi,
Xasanjon Xidirov — Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik,
Nozimjon Ismoilov — Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari,
Xusniddin Jamalov — O‘zbekiston Veteran jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi birinchi o‘rinbosari
so‘zga chiqib, Vatan himoyachilariga bayram tabriklarini yo‘lladilar.
Nutqlarda Vatan tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning fidokorona faoliyati, ularning jamiyatdagi nufuzli o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.
Tabrik nutqlaridan so‘ng tadbir o‘zining mazmunan boy dasturi asosida, ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.