English English English

"Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

  21.04.2026 13:01:13    34


Joriy yilning 9-aprel kuni Namangan davlat pedagogika instituti pedagogika fakultetda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda talabalar bilan munosabatlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha  yig‘ilish o‘tkazildi.  


"Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq" mavzusida davra suhbati tashkil etildi


Joriy yilning 9 aprel kuni Namangan davlat pedagogika instituti pedagogika fakultetda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olish hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etgan holda talabalar bilan munosabatlarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha  yig‘ilish o‘tkazildi.          

          Fakultet dekani Z. Abdullayev yig‘ilishni ochib, kun tartibidagi masalalarning dolzarbligini ta’kidlab o‘tdi hamda fakultetda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va pedagogik faoliyatda odob-axloq hamda shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligini alohida qayd etdi.

         Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Xodjayev so‘zga chiqib, institutda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish muhim vazifa ekanligini ta’kidlab,  professor-o‘qituvchilar, xususan ayol pedagoglar tomonidan odob-axloq me’yorlariga qat’iy amal qilinishi, talabalar bilan munosabatlarda halollik va adolat tamoyillariga rioya etilishi zarurligini qayd etdi.  

Shuningdek, “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tojimatov o‘z so‘zida, korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanini ta’kidladi va quyidagilarga alohida e’tibor qaratdi: talabalardan har qanday ko‘rinishdagi ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish; professor-o‘qituvchilar o‘rtasida halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash; agar hamkasblar tomonidan korrupsion holatlar sodir etilishi ehtimoli aniqlansa @namspi_corruption_bot kanaliga  zudlik bilan  xabar berish zarurligi, korrupsiyaning oldini olish faqatgina nazorat emas, balki jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro ishonch va ochiqlikni mustahkamlash orqali samarali amalga oshirilishini bildirdi.


"Korrupsiya rivojlanishimizga toʻsiq" mavzusida davra suhbati tashkil etildi