English English English

#Shakarsiz_Chellenj

  22.05.2026 08:34:18    27


Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va zararli odatlardan voz kechishga undash maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” loyihasi doirasida muhim tashabbus ilgari surildi.
Mazkur tashabbus Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchilari Ochilova Farida Kudrat qizi va Xamidova Shaxlo Pulat qizi tomonidan yo‘lga qo‘yilib, “Shakarsiz 10 kun” chellenjiga rasman start berildi. Ushbu chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarning kundalik hayotida ortiqcha shakar iste’molini kamaytirish, sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish hamda umumiy salomatlikni mustahkamlashdan iboratdir.


#Shakarsiz_Chellenj


Chellenj davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘n kun mobaynida tarkibida qo‘shimcha shakar mavjud bo‘lgan mahsulotlardan voz kechib, tabiiy va foydali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga alohida e’tibor qaratadilar. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, o‘zaro motivatsiya berish va sog‘lom turmush tarziga oid foydali tavsiyalar almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mazkur tashabbus nafaqat jismoniy salomatlikni yaxshilash, balki irodani mustahkamlash, intizomni oshirish va sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar ushbu foydali tashabbusda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.


BIZNING SAFIMIZGA QO'SHILING 👇
https://t.me/Sugar_freeNamDPI


#Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj #Shakarsiz_Chellenj