"DOLZARB 90 KUNLIK" DOIRASIDA TADBIR TASHKIL ETIDI
03.06.2025 09:07:56 39
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida bitiruvchi talabalarI ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi tassarufidagi jami 30 dan ortiq san'at va madaniyat, ijod maktablari rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldi.
Shuningdek, boshqarma tizimidagi 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinib, bitiruvchilarni ishga taklif qilindi.
Eng quvonarlisi, Musiqa ta'limi yo'nalishi bitiruvchi talabasi Nabijonova Hakima shu yerning o'zida o'z mutaxassisligi bo'yicha Namangan tumanidagi 20-sonli musiqa maktabiga ishga qabul qilindi.
Bu kabi ochiq muloqotlar ta’lim va mehnat bozori o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratish, yosh mutaxassislarni aniq maqsad sari yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.